
Ayollar bo‘yicha Osiyo chempionati. "So‘g‘diyona-W" musobaqa finaliga yo‘l oldi
Ayollar bo‘yicha Osiyo chempionati doirasida "So‘g‘diyona-W" jamoasi Eronning "Bam Xatun" klubi bilan kuch sinashdi. Unda vakilalarimiz kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona gol Shahnoza Qurbonova nomiga qayd etildi. Bu gol jamoamizning g‘alabasini ta’minlab berdi.
Shu tariqa, hamyurtlarimiz ayollar o‘rtasidagi Osiyo chempionati final bosqichiga yo‘l oldi. Hal qiluvchi final bahsida raqib Tailand jamoasi bo‘ladi.
Fikrlar