Ayni damda O‘zbekistonning eng zo‘r futbolchisi kim?

  • 28 avgust, 2019, 21:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bugun saytimizning telegramdagi rasmiy kanalida O‘zbekistonning ayni damdagi eng yaxshi futbolchisi kim degan so‘rovnoma o‘tazdik.

Tecno

Ushbu so‘rovnomada jami 1059 nafar muxlis ishtirok etdi. E’tiborlisi, ularning 843 nafari, ya’ni 80 foizi “Rostov”da faoliyat olib borayotgan Eldor Shomurodovga o‘z ovozlarini berishdi. 216 nafari (20%) esa “Shanxay SIPG” yarim himoyachisi Odil Ahmedovga ovoz berdi.

Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov joriy mavsum “Rostov” safida jami 7ta o‘yinda maydonga tushdi va 5ta gol hamda 1ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Odil Ahmedov esa “Shanxay SIPG” safida 21ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Qudratilla Abdullayev
04/10/2019 10:10
Axmedov Eng zo'ri. Shomurodovga azgina bor hali.
Низомтой Эргашев
29/08/2019 05:17
Шомуродов N1
Fayzi UZ
28/08/2019 22:07
bunga shubxa yuq Shomirodib lidir