
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Kikboksing assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Bugun O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va O‘zbekiston havaskor va professional kikboksing assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Hamkorlikdan ko‘zlangan maqsad — aholi o‘rtasida kikboksing sport turini ommalashtirishga ko‘maklashish, etuk sportchilar bilan uchrashuv va seminarlar tashkil etish orqali yoshlarning kikboksing haqidagi bilim hamda ko‘nikmalarini oshirish, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali ushbu sport turini keng targ‘ib etishdan iborat.
Memorandum doirasida kikboksing sohasi xodimlari uchun ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilish tartibi va usullari bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar berish, telekanallar va ijtimoiy tarmoqlarda onlayn videodarslar tashkil etish, turli seminar, uchrashuv, brifing va yig‘ilishlarni o‘tkazish kikboksing hamda sportning boshqa turlari bo‘yicha har xil elektron, audio va qog‘oz shakldagi kitob va uslubiy qo‘llanmalarni yaratish va nashr etishda ko‘maklashish kabi masalalar o‘rin olgan.
Fikrlar