
"Atletiko" uchun ushbu jarayon "masxarabozchilik", Modrichni esa bu qiziqtirmaydi
Luka Modrich "Atletiko"ning "Real"ga qarshi o‘yinda chempionlik karidori tashkil qilmasligidan xavotirda emas.
Avvalroq, "matraschilar" chempionlik yo‘lagi qilmasligini, chunki ushbu "masxarabozchilik"da ishtirok etishni istashmayotgani haqida aytgandi.
"Atletiko"ning qarori haqida qanday fikrdasiz?
"Bu haqda ertangi muhim o‘yin oldidan gaplashishni istamayman. Ushbu jarayon "Real"ni qiziqtirmaydi", - dedi "qirollik" klubi yarim himoyachisi.
Ma’lumot uchun, ertaga "qaymoqranglilar" EChL yarim finali doirasida "Manchester Siti"ni o‘z maydonida qabul qiladi.
Fikrlar