
"Atletiko" safardan irodali g‘alaba bilan ortga qaytdi
La Liga 6-turidan o‘rin olgan "Xetafe" - "Atletiko Madrid" bahsi yakunlandi. Qiziqarli va kurashlarga boy kechgan o‘yinda "matraschilar" irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.
1:2 hisobida yakunlangan bahsda dastlab Stefan Mitrovich 45-daqiqada hisobni ochdi. Keyinchalik Luis Suares 78 va 90 daqiqalarda gol urib jamoasiga g‘alabani ta’minladi.
Shunday qilib, "Atletiko" o‘z hisobiga yana bir 3 ochkoni yozdirib qo‘ydi. Natijada 14 ochko jamg‘argan "matraschilar" onlayn turnir jadvalida birinchi pog‘onani band etib turishibdi.
Fikrlar