"Atletiko" o‘z safiga jahon chempionatida rekord o‘rnatgan darvozabonni qo‘shib olmoqchi

  • 8 mart, 2023, 19:05
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko" Oblakka o‘rinbosar topdi.

Tecno

Darvozabon Yan Oblak yaqin kelajakda "Atletiko"ni tark etishi mumkin. Madrid klubi hozirda moliyaviy jihatdan yaxshi ahvolda emas va 30 yoshli darvozabonning sotilishi "matraschilar"ga yordam berishi mumkin. Sloveniyalik posbon 80-90 million evro atrofida sotilishi mumkin.

"Todofichajes"ning so‘zlariga ko‘ra, "Atletiko" Xorvatiya terma jamoasi safida jahon chempionatida ajoyib seyvlari bilan yodda qolgan darvozabon Dominik Livakovichni Oblakka o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. 

28 yoshli posbon bilan shartnoma imzolash uchun ispan grandi Zagrebning "Dinamo"siga 15-20 million evro to‘lashi kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Livakovich Braziliyaga qarshi uchrashuvda 11 ta seyv qayd etib, mundiallar tarixida bir uchrashuvdagi seyvlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!