
"Atletiko" futbolchisiga koronavirusning kuchi etmadi
"Atletiko" Madrid klubi himoyachisi Renan Lodi koronavirusdan sog‘aydi va endi jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shilishi mumkin.
AS nashrining xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi ketma-ket 2 marta test topshirgan va ikkalasida ham unda virus yo‘qligi tasdiqlangan. Endi u bugunning o‘zida mashg‘ulotlarga kirishishi mumkin.
Lodi joriy mavsum “Atletiko” safida 33 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar