
“Atletiko” ashaddiy raqib “Real” futbolchisini o‘ziga og‘dirib olmoqchi
Madridning ikki klubi – “Real” va “Atletiko”ning o‘zaro munosabatlari do‘stona, deb bo‘lmaydi.
Lekin shunga qaramay, “Atletiko” rahbariyati “Qirollik klubi” o‘yinchisini o‘z jamoasiga chorlamoqda.
Yarim himoyachi Dani Sebalosning “Real”dagi o‘yin amaliyoti vaqti keskin kamayib ketdi. Tabiiyki, bu kuchga to‘lgan 27 yoshli futbolchiga ma’qul kelayotgani yo‘q.
Sebalos yozda jamoasini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda. “Atletiko” bundan unumli foydalanib qolmoqchi. “Matraschilar”ga Sebalosning universalligi va bir necha pozitsiyada o‘ynay olish qobiliyati ma’qul kelyapti.
Danining “Real” bilan yana uch yillik shartnomasi bor. “Real” o‘z futbolchisi uchun 10 million evro atrofida badal puli talab qiladi. Transfer mutaxassislari bu summa “Atletiko”ga og‘irlik qilishi mumkinligini aytmoqda.
Fikrlar