
"Atletik" "Barsa" bilan muzokara olib borishni xohlamayapti, sababi...
"Atletik" Niko Uilyams uchun to‘lovni bo‘lib-bo‘lib amalga oshirishga rozi emas.
"Marca" nashrining xabar berishicha, Bilbao klubi vinger transferi bo‘yicha muzokaralar olib borishni xohlamayapti va uning tovon puli - 62 million evroni to‘liq to‘lanishini talab qilmoqda.
Avvalroq, "Barselona" "Atletik"ka Uilyams uchun tovon pulidan ko‘proq, ammo bo‘lib-bo‘lib to‘lashni taklif qilgan edi. Biroq, basklar bunday variantga rozi bo‘lishni istamayapti.
Agar "Barsa" Nikoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lsa, shartnomada ko‘rsatilgan barcha summani bir vaqtning o‘zida to‘lashi kerak bo‘ladi. Boshqa holatda bitim tuzish imkonsiz.
Manbaning ma’lum qilishicha, Kataloniya klubi Uilyamsning "Atletik" bilan to‘lovni bir necha qismga bo‘lish bo‘yicha so‘rab ko‘rishini istaydi. Ammo futbolchining o‘zi tushunib turibdiki, agar u bunday taklif bilan "Atletik" prezidenti Xon Uriartega murojaat qilsa, u buni qat’iyan rad etadi.
Fikrlar