
"Atalanta" "Yuventus"ning 69 yil avval qayd etgan natijasini takrorladi
Kecha Italiya A Seriyasining 37-turida “Atalanta” safarda “Parma” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
E’tiborlisi, bergamoliklar shu tariqa o‘zlarining joriy mavsum A Seriyada kiritgan gollari sonini 98 taga etkazib oldi va “Yuventus”ning 1951/52 yilgi mavsumda qayd etgan natijasini takrorladi.
Aytish kerakki, bu boradagi rekord "Milan"ga tegishli. “Rossonerilar” 1949/50 yilgi mavsumda raqiblari darvozasiga 118 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, “Atalanta” ayni damda 78 ochko bilan A Seriya musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar