
"Atalanta" o‘z maydonida "Napoli"ni engdi va Italiya kubogi finaliga chiqdi (video)
Italiya kubogining yarim final javob bahsida “Atalanta” o‘z maydonida “Napoli”ni qabul qildi.
Qiziqarli va kurashlarga boy kechgan o‘yin 3:1 hisobida bergamoliklarning foydasiga hal bo‘ldi. Shu kuni “Atalanta” safida Duvan Sapata (10') va Matteo Pessina (16', 78'), “Napoli” safida Irving Losano (53') gol muallifi bo‘ldi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar