Asossiz mish-mishlarga ishonmang! Masharipov "Paxtakor"ga qaytmaydi

  • 23 fevral, 2022, 21:35
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Avvalroq, OAVda O‘zbekiston terma jamoasi va "Al-Nassr" yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov "Paxtakor"ga qaytishi haqida xabar e’lon qildi.

Tecno

Futbolchining SPORTS.uz saytiga ma’lum qilishicha, ushbu xabarlar mutlaqo asossiz. Hozircha, Masharipovning O‘zbekiston chempionatiga qaytish niyati yo‘q.

Qolaversa, riyodliklar futbolchini "sherlar"ga ijaraga berish ehtimoli ham juda past. Sababi, qishki transfer vaqtida BAAning bir nechta moliyaviy baquvvat klublari Jaloliddinni ijaraga olish borasida pul taklif qilganida ham "Al-Nassr" legionerimizni qo‘yib yuborishdan bosh tortgan.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Аббосхон Ахмедов
23/02/2022 23:54
Bu shundoqgina xammaga ayonku. Pahtakorga qaytsa ijaraga bolsa xam. Ortga qadam xisoblanar edi. U yozda xalsitiga ketish katta extimoli bor