Asad Zokirjonov: "Men o‘zim istagan jamoada ekanligimni his qildim"

  • 20 dekabr, 2023, 10:53
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsumda ijarada asosida qo‘qonliklar safida to‘p surgan Asadbek Zokirjonov endilikda klubning to‘laqonli a’zosiga aylandi va «Qo‘qon-1912» jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Yangi kelishuvdan so‘ng biz futbolchimizdan qisqa intervyu olishga erishdik.

Tecno

“Jamoa meni juda yaxshi kutib oldi, biz bir oila kabi harakat qildik. Ikkinchi davrada barchasi yaxshi bo‘ldi. Bizga ozgina omad etishmadi va o‘tish uchrashuvida mag‘lub bo‘ldik.

«Qo‘qon-1912» jamoasidagi faoliyatimni davom ettirishga qaror qildim. Murabbiylar menga ishonch bildirishmoqda va men o‘zim istagan jamoada ekanligimni his qildim”.

Nega 25 raqamda harakat qilaman?

“Menga ushbu raqamda o‘ynash yoqadi. Xudo xohlasa, Odil Ahmedov singari yaxshi darajadagi futbolchi bo‘lib etishaman”.

Qo‘qon jamoasining muxlislari haqida...

“Ular bizga ishonishlari va doim qo‘llab turishlarini xohlagan bo‘lardim. «Qo‘qon-1912» jamoasining muxlislarida O‘zbekistondagi eng zo‘rlaridan biri. Xudo xohlasa, kelasi yil ular bilan jamoani Superligaga chiqqanini nishonlaymiz”.

“Qo‘qon-1912” matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!