Arteta: "Siz 35 ta zarba berishingiz mumkin, raqib esa yarimta..."

  • 26 avgust, 2023, 22:29
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mikel Artetaning fikricha, "Arsenal" "Fulxem" bilan o‘yinda (2:2)  katta farq bilan ustunlik qilgan.

Tecno

- Darhol gol o‘tkazib yubordik va o‘yinni ancha qiyinlashtirdik. Biz boshidan oxirigacha ustunlik qildik, g‘alaba qozonishga haqli edik, ammo bu futbol. Siz 35 marta zarba berishingiz mumkin, raqib bir yarimta. Hisob esa...  

- Natija mag‘lubiyatga tengmi?

- Albatta. Sababi, jamoaning o‘yinini ko‘rib, g‘alabaga loyiq ekanini tushunasiz. Raqib ikki, uch, to‘rt gol urishining farqi yo‘q, biz besh, olti, etti yoki sakkizta gol urishimiz kerak. Bugungi natijadan hayratdaman, ammo bu liga shunday", - dedi "Arsenal" bosh murabbiyi.


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!