
Arteta: "Men har doim Jorjinoga qoyil qolganman"
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoaning yangi yarim himoyachisi Jorjinoning transferi haqida gapirdi.
"Jorjino aql-zakovati, haqiqiy etakchiligi va xalqaro miqyosda katta tajribaga ega bo‘lgan futbolchi. U faoliyati davomida juda ko‘p g‘olib bo‘lggan, ammo haligacha g‘alabaga chanqoq. Men har doim unga qoyil qolganman", - dedi Arteta matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda "Arsenal" Angliya chempionati doirasidagi "Everton"ga qarshi safar uchrashuviga hozirlik ko‘rmoqda. Mazkur o‘yin 4 fevral kuni soat 17:30 da boshlanadi.
Fikrlar