
"Arsenal"ning sobiq yulduzi Xavertsning transferi haqida: Tushunmadim...
“Arsenal”ning frantsiyalik sobiq futbolchisi Uilyam Gallas germaniyalik yarim himoyachi Kay Havertsning "kanonirlar" safida muvaffaqiyat qozonishiga shubha qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Xaverts shu yozda 75 million evro evaziga “Chelsi”dan “Arsenal”ga ko‘chib o‘tgan edi.
“Kay Haverts hozirgi “Arsenal”da o‘z imkoniyatlarini ochib bera oladi deb o‘ylamayman. Men uni "Arsenal" uchun shu yozda amalga oshirish zarur bo‘lgan transfer deb hisoblamayman. Hatto "Chelsi"da ham unga barqarorlik etishmadi.
Nazarimda, u “Chelsi”dagi faoliyati davomida etarlicha yaxshi o‘yin o‘tkaza olmadi. "Arsenal" uni o‘z safiga qo‘shib olganini to‘g‘risi tushunmadim. Bu meni hayron qoldirdi”, - dedi “Arsenal”ning sobiq himoyachisi Gambling Zone nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar