"Arsenal"ning sobiq futbolchisi: Pogba "Manchester Yunayted"ni hurmat qilmaydi

  • 21 iyun, 2019, 13:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" klubi sobiq futbolchisi Rey Parlor "Manchester Yunayted" klubi xavbeki Pol Pogbaning jamoadan ketishi borasidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Mish-mishlarsiz hech narsa bo‘lmaydi. Biz “Arsenal”da shunga o‘xshash vaziyatlarga tushganmiz, ammo biror marta ham omma oldida jamoadan ketmoqchi ekanligimizni aytmaganmiz. Masalan, Patrik Vieyra har yili mish-mishlarga qarshi kurashardi. Xatto kiyinish xonasida bu borada hazillar qilardik.

Futbolchi o‘z jamoasini hurmat qilishi kerak. Pogba esa “Manchester Yunayted”ni umuman hurmat qilmaydi”, - deydi Parlor.

Eslatib o‘tamiz, Pogba bundan avval bir necha marta “Yuventus”ga qaytmoqchiligi haqida gapirgan edi. Unga shuningdek “Real” Madriddan ham qiziqishlar mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!