
"Arsenal"dan ketishini e’lon qilgan David Luiz faoliyatini qaerda davom ettirishi mumkin?
"Arsenal"dan ketishini e’lon qilgan markaziy himoyachi David Luiz faoliyatini okean ortida, aniqrog‘i MLSda davom ettirishi mumkin.
Get French Football News nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 34 yoshli braziliyalik futbolchiga "Inter Mayami"dan taklif bo‘lmoqda. Devid Bekxemga tegishliligi aytiladigan Amerika klubi Luiz bilan 2 yillik shartnoma imzolamoqchi.
David Luizning "kanonirlar" bilan amaldagi shartnomasi 30 iyunda o‘z nihoyasiga etadi. Shu bois u yangi jamoasiga erkin agent sifatida tekinga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Luiz "Arsenal" safida 2019 yilning avgustidan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 73 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar