
"Arsenal" va "Milan" yozda frantsiyalik to‘purar uchun kurashadi
"Betis"ning frantsiyalik yarim himoyachisi Nabil Fekir yozgi transfer oynasi vaqtida klubini tark etishi mumkin.
Marca nashri xabariga ko‘ra, 26 yoshli futbolchini xizmatlariga "Milan" va "Arsenal" klublari qiziqish bildirmoqda.
Transfermarkt 32 million evroga baholayotgan futbolchi uchun ikkala klub ham rasmiy taklif hozirlashmoqda. Futbolchining o‘zi esa yana bir mavsum ispan klubi tarkibida qolishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Fekir "Betis" safini 2019 yil iyunida to‘ldirgan edi. O‘sha yilning o‘zida futbolchi "Liverpul"ga o‘tishga yaqin turgan, biroq yakunda transfer amalga oshmay qolgandi.
Joriy mavsumda frantsiyalik futbolchi Primerada 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 6 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Uning "Betis" bilan shartnomasi 2023 yilgacha amal qiladi.
Fikrlar