
"Arsenal" va "Atletiko" o‘zaro futbolchi almashtirishi mumkin
“Arsenal” va “Atletiko” klublari yozgi transferlar davrida o‘zaro futbolchi almashtirishlari mumkin.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “kanonirlar” forvardi Aleksandr Lyakazett Madridga, “matraschilar” xavbeki Toma Lemar esa Londonga yo‘l olishi mumkin. Hozirda “Arsenal” rahbariyati bu kelishuvni o‘rganib chiqmoqda.
28 yoshli Lyakazett joriy mavsum APLda 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va 7 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 24 yoshli Lemar esa La Ligada 17 ta o‘yinda ishtirok etdi.
Fikrlar