
"Arsenal" o‘z stadionini restavratsiya qiladi
Londonning "Arsenal" klubi o‘z daromadini oshirish uchun uy stadionini kengaytirish variantini ko‘rib chiqmoqda.
"Emireyts" o‘yingohining sig‘imi butun Angliyada oltinchi va Premer-ligada beshinchi o‘rinda turadi(60 704 sig‘im). Klubning bunday qarorga kelishiga asosiy sabab sifatida, top-6 likning qolgan jamoalari allaqachon bu borada oldinga qadam tashlaganlar.
O‘tgan mavsumda "Arsenal"ning uy uchrashuvlaridan ko‘rgan daromadi 120 million funtdan oshdi.
Ammo stadion rekonstruktsiyasi masalasida "to‘pchilar" jiddiy qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Chunki maydon balandligini pasaytirishning texnik imkoniyati klubda deyarli yo‘q. Busiz esa, ishlarni boshlash juda mushkul.
Fikrlar