
"Arsenal" London derbisida so‘nggi daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi (video)
Angliya premer-ligasining 32-turida “Arsenal” o‘z maydonida hamshahari “Fulxem”ni qabul qildi.
London derbisida hisobni “Fulxem” ochdi. Gol muallifi Josh Maja (59') bo‘ldi. Ammo o‘yinning so‘nggi daqiqasida Eddi Nketia (90') “Arsenal”ni muqarrar mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan golga mualliflik qildi. Uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar