
"Arsenal" kutilmaganda yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi
APL 31-turidan o‘rin olgan "Kristal Pelas" - "Arsenal" o‘yini yakuniga etdi. Unda mezbonlar yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvda gollarga Mateta, Ayyu va Zaxalar mualliflik qildi. "Arsenal" bugun maydonni golsiz tark etadigan bo‘ldi.
Mazkur natijadan so‘ng "Kristal Pelas" ochkolari sonini 37 taga etkazib, jadvalda 9-pog‘onaga chiqib oldi.
"Arsenal" hisobida 54 ochko mavjud. Jamoa ayni payt jadvalning 5-pog‘onasidan o‘rin olgan.
Fikrlar