
"Arsenal" hujumchisini sotishga tayyor
"Arsenal"ning "Reyms"da ijara asosida to‘p tepayotgan futbolchisi Folarin Balogun yozda o‘z jamoasiga qaytishi kerak. Ammo u tarkibning asosiy hujumchisi bo‘lishni istamoqda. Zaxirada ko‘p o‘tirishni xohlamayotgan ingliz faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi ham mumkin.
"Metro" nashri xabar berishicha, "Arsenal" yozgi transferlar oynasida yirik transferlarni amalga oshiradi. Shu sababli, Balogunni mo‘maygina pulga sotib yuborishi mumkin. Unga "Leyptsig" va "Milan" kabi jamoalardan takliflar tushmoqda.
Balogun Frantsiya chempionatida o‘zini juda yaxshi his qilmoqda. U "Reyms" tarkibida ushbu mavsum 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar