
"Arsenal" "Bordo" futbolchisi uchun kurashmoqda
Londonning “Arsenal” kluni Frantsiyaning “Bordo” klubi vingeri Malkom uchun kurashga kirishdi. Ilgariroq, unga “Manchester Yunayted” hamda “Tottenxem Xotspur” klublari qiziqish bildirayotgani borasida xabarlar tarqalgan edi.
The Times xabariga ko‘ra, “to‘pchilar” 20 yoshli futbolchining agenti bilan uchrashdi. “Arsenal” shartnomasi tugayotgan Aleksis Sanchesning o‘rniga aynan braziliyalik futbolchini olib kelishi aytilmoqda.
Qayd etish joiz, Malkom allaqachon ingliz tilini o‘rganishni boshlab yuborgan. Uning transfer summasi 50 mln evroni tashkil etishi aytilmoqda.
Fikrlar