"Arsenal" APLning o‘zidan hujumchi topdi

  • 30 yanvar, 15:43
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Londonning "Arsenal" klubi "Aston Villa" hujumchi Olli Uotkinsni sotib olish haqida o‘ylamoqda. 
 
Xabaringiz bor, Arteta boshchiligidagi "to‘pchilar" bir necha mavsumdan buyon forvard sotib olishni maqsad qilib qo‘ygan. Gabriel Jesus og‘ir jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqandan so‘ng klub rahbarlari qishki transferlar oynasida bir nechta variantlarni ko‘rib chiqmoqda. So‘nggi kunlarda "kanonirlar" "Sporting" futbolchisi Viktor Dyokereshga ham juda katta qiziqish bildirgan edi. 
 
"Mail" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, klub mutasaddilari bir necha kundan buyon "Aston Villa" hujumchisi Uotkins atrofidagi vaziyatni o‘rganmoqda. Unai Emeri esa Chempionlar ligasining navbatdagi bahsidan so‘ng angliyalik forvardni jamoada olib qolmoqchi ekanligini bildirgan. Shunday bo‘lsa ham, londonliklar fursat tug‘ilishi bilanoq futbolchi uchun 72 million evro shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 29 yoshli o‘yinchi joriy mavsum 32 ta bellashuvda ishtirok etib, 11 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 55 million evro deb baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!