
“Arsenal” 7 futbolchini transferga qo‘yadi
“Arsenal” bosh murabbiy Mikel Arteta klub rahbariyati bilan kelishgan holda tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qilishga qo‘l urmoqda.
Ispaniyalik mutaxassis birinchi navbatda jamoani tark etishi kerak bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini shakllantirdi.
Ketadiganlar qatoriga ijaradagi o‘yinchilar, zaxirada o‘tirib qolganlar va asosiy tarkibga kira olmayotgan klub tarbiyalanuvchilari kiritildi.
Akademiya tarbiyalanuvchilaridan Emil Smit-Rou, Ris Nelson va Eddi Nketia o‘ziga yangi jamoa topishi kerak. “Kanonirlar” ularning transferidan 100 million funtgacha mablag‘ ishlab olmoqchi. Bu sof foyda hisoblanadi va moliyaviy feyr-pleyni ta’minlashda katta ustunlik beradi.
Shuningdek, Kiran Tirni, Nunu Tavaresh, Aaron Ramsdeyl va Sambi Lokonga ham bundan buyon Artetaga kerak bo‘lmaydi.
Fikrlar