
Arne Slot: “Uchta etakchimiz “Real” qarshi o‘ynashga tayyor emas”
“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot Chempionlar ligasidan o‘rin olgan “Real Madrid”ga qarshi o‘yinni qaysi futbolchilar o‘tkazib yuborishini aytdi.
“Biz hozir kutishimiz va futbolchilarning holatini kuzatishimiz kerak. Men Allison va Jotani “Real”ga qarshi tayyor emasligini aytmoqchiman. Bundan tashqari Trent Aleksandr-Arnoldining maydonga tushishi ham so‘roq ostida turibdi.
Xarvi Eliot umumiy mashg‘ulotlarga qaytgan. Ertaga Keza ham guruhga qaytadi. Hamma jarohat olgan futbolchilar haftalar davomida sekin-asta safga qaytishadi”,-dedi niderlandiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, “Enfild”da bo‘lib o‘tadigan “Liverpul” va “Real” o‘rtasidagi bahs 27-noyabr kuni o‘tkaziladi.
Fikrlar