
Arne Slot Bellingemning gaplariga javob qaytardi
Chempionlar ligasida “Real” “Liverpul”ga imkoniyatni boy bergach, “qaymoqranglilar” yarim himoyachisi Jud Bellingem ayni vaqtda “Liverpul” Evropadagi eng kuchli klub ekanini ta’kidlagan edi. Uning so‘zlariga “qizillar” bosh murabbiy Arne Slot o‘z fikrini bildirdi.
“Agar Bellingem Chempionlar ligasida birinchi o‘rinni egallab turganimizni tayanib gapirgan bo‘lsa, bu to‘g‘ri. Biz 5 ta o‘yinda eng yaxshisi bo‘ldik. Lekin kecha gapirgan gapimni bugun ham takrorlayman: Haligacha, “Real Madrid” Evropaning eng kuchli klubi, chunki ular amaldagi chempionlar. Kim kubokga ega chiqsa o‘zini eng zo‘ri deb atashi mumkin. Biz bo‘lsa, bor-yo‘g‘i 5 ta o‘yin o‘tkazdik”,-dedi niderlandiyalik mutaxassis.
Fikrlar