
Arman Tsarukyan "UFC 317" turnirida jang qilishi mumkin, raqib...
Taniqli MMA ustasi Arman Tsarukyan "UFC 317" turnirida Jastin Getji bilan jang qilmoqchi.
"Bu bahs mantiqan ham to‘g‘ri. Oliveyra chempionlik uchun, Dastin Pore BMF kamari uchun Maks Xollouey bilan kurash olib boradi, Jastinda esa hozircha raqib yo‘q. Shu bois men u bilan oktagonda kuch sinashmoqchiman" - deya Armanning so‘zlarini keltirdi "Bloody Elbow".
Eslatib o‘tamiz, Iliya Topuriya va Charlz Oliveyra o‘rtasidagi chempionlik jangi ham 29 iyun kuni Las-Vegasdagi "UFC 317" turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar