
Arman Tsarukyan: "Islom Maxachevning Kaliforniyada jang qilishga roziligini eshitib hayron qoldim"
Engil vazn toifasida (70 kg) UFC reytingining birinchi raqamli jangchisi Arman Tsarukyan amaldagi chempion Islom Maxachev bilan revansh haqida gapirdi.
“Islomning Kaliforniyada jang qilishga roziligini eshitib hayron qoldim, chunki bu er uning hududi emas. Maxachev Saudiya Arabistoni yoki Dubayda oktagonga ko‘tariladi, deb o‘ylagandim. Chunki Kaliforniya armanlar joyi”, — dedi rossiyalik Ariel Xelvanining podkastida.
Eslatib o‘tamiz, Tsarukyan (22-3) va Maxachev (26-1) to‘qnashuvi 19 yanvar kuni "UFC 311" turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar