
Arina Sobolenko navbatdagi sovrin tomon yo‘l olmoqda
Belaruslik tennischi Arina Sobolenko Strasburg shahri mezbonlik qilayotgan xalqaro turnirning yarim final bosqichiga yo‘l oldi.
"Internatinaux de Strasbourg" chorak finalida Arina puertorikalik Monika Pyuigni 6:1, 3:6, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda A.Sobolenko ukrainalik Dayana Yastremska bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.
Fikrlar