Argentina prezidenti terma jamoaning muvaffaqiyat sirini aytdi

  • 14 dekabr, 2022, 12:11
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina prezidenti Alberto Fernandes terma jamoaning JCh-2022 yarim finalida Xorvatiya ustidan qozongan g‘alabasi (3:0) haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Ushbu futbolchilar, murabbiylar shtabi va butun delegatsiya Argentinani eng yuqori cho‘qqiga olib chiqishdi, yigitlar jahon chempionatini ajoyib tarzda o‘tkazishmoqda. Argentina shon-shuhrat sari yo‘l har doim jamoaviy mehnat orqali yuzaga kelishini ko‘rsatib qo‘ydi", deb yozdi Fernandes Tvitterda.

Ikki karra jahon chempioni hisoblanmish argentinaliklar tarixda oltinchi marta jahon chempionati finaliga chiqdi va finalda 18 dekabr kuni Frantsiya va Marokash jamoalari o‘rtasidagi o‘yin g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!