
Argentina - Urugvay. Yulduzlar gol urgan bahsda g‘olib nomi aniqlanmadi
O‘rtoqlik uchrashuvi doirasida Janubiy Amerika qit’asining ikkita kuchli jamoasi o‘zaro bahs olib bordi. Unga ko‘ra, Argentina o‘z maydonida Urugvay terma jamoasini qabul qildi va 2:2 hisobida durang o‘ynadi. E’tiborli tomoni, Kavani, Aguero, Messi va Suares gol urishni uddasidan chiqishdi.
Argentina – Urugvay 2:2 (0:1, 2:1)
Gollar: 0:1 – 34 Kavani, 1:1 – 63 Aguero, 1:2 – 68 Suares, 2:2 – 90, penalti Messi.
Argentina – Andrada, Petstselya, Otamendi, Talyafiko, Saraviya, Paredes (Gonsales, 79), de Paul (Rodriges, 88), Akunya (Dominges, 68), Messi, Aguero, Dibala (Martines, 76).
Urugvay – Kampanya, Koates (Gonsales, 17), Vinya, Godin, Kaseres, Valverde (Bentankur, 75), Vesino, Losano (Rodriges, 88), Torreyra, Suares, Kavani (Laksalt, 56).
Ogohlantirishlar: Kavani (39), Paredes (40), Vesino (43), Godin (53), Gonsales (90).
Fikrlar