
AQSh klubi futbolchisi Rossiya terma jamoasiga chaqirilganiga rasmiy munosabat bildirdi
AQShning "Atlanta Yunayted" klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachi Aleksey Miranchukning Rossiya terma jamoasining oktyabr oyidagi yig‘iniga chaqirilgani borasida fikr bildirdi.
"Atlanta Yunayted" o‘z o‘yinchilaridan birortasiga xalqaro o‘yinlarda qatnashishni taqiqlamaydi", - deya xabar berdi klub matbuot xizmati Sport Express nashriga.
Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli rossiyalik futbolchi joriy yozgi transfer oynasida “Atlanta Yunayted” safiga borib qo‘shilgan edi. Miranchuk Italiyaning “Atalanta” klubidan 12 million evro evaziga okean ortiga yo‘l oldi va yangi jamoasi bilan 2027 yil oxirigacha shartnoma imzoladi.
Rossiyalik futbolchi MLSning joriy mavsumida ettita o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urdi.
Fikrlar