APLda joriy mavsumning eng yaxshilari e’lon qilindi

  • 25 mart, 2020, 22:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi forvardi Sadio Mane The Guardian nashri talqiniga ko‘ra Angliya premer-ligasining joriy mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, Mane bu mavsum premer-ligada 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 14 ta gol hamda 9 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

APLning eng yaxshi yosh futbolchisi esa "Vulverxempton" yarim himoyachisi Adam Traore bo‘ldi. Eng yaxshi murabbiy deb esa "Sheffild Yunayted" ustozi Kris Uaylder topildi.

Mavsumning eng chiroyli goli sifatida esa "Manchester Siti" xavbeki Kevin de Bryuynening "Nyukasl" (2:2) darvozasiga kiritgan goli e’tirof etildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!