
APLning yangi mavsumi qachondan boshlanishi ma’lum qilindi
Angliya Premer-ligasi klublari va tashkilotchilari yangi mavsumni boshlash bo‘yicha bugun o‘tkazilgan yig‘ilish natijalari ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, chempionat bahslariga 12 sentyabrdan start beriladi. So‘nggi tur esa, 2021 yilning 21 mayida o‘tkazilishi belgilandi.
Tashkilotchilar futbol assotsiatsiyasi va liga klublari bilan turnir taqvimi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirayotgani haqida bayonot berdi.
Fikrlar