
Brunu Fernandesh APLning joriy mavsumdagi eng yaxshi transferi deb topildi, Kovachich 9-o‘rinda
ESPN telekanali Angliya premer-ligasining 2019/20 yilgi mavsumida amalga oshirilgan eng zo‘r transferlar reytingini tuzib chiqdi.
Unga ko‘ra, yanvar oyida "Sporting"dan "Manchester Yunayted"ga ko‘chib o‘tgan Brunu Fernandesh eng yaxshi transfer deb topildi.
1. Brunu Fernandesh ("Sporting"dan "Manchester Yunayted"ga 50 million funtga);
2. Denni Ings ("Liverpul"dan "Sautgempton"ga 20 million funtga);
3. Gari Keyxill ("Chelsi"dan "Kristal Pelas"ga erkin agent sifatida);
4. Gabriel Martinelli ("Iguano"dan "Arsenal"ga 6 million funtga);
5. Xarri Maguayr ("Lester"dan "Manchester Yunayted"ga 78 million funtga);
6. Jeyms Makkarti ("Everton"dan "Kristal Pelas"ga 3 million funtga);
7. Nil Mope ("Brentford"dan "Brayton"ga 20 million funtga);
8. Aaron Uan-Bissaka ("Kristal Pelas"dan "Manchester Yunayted"ga 50 million funtga);
9. Mateo Kovachich ("Real"dan "Chelsi"ga 41 million funtga);
10. Ismail Sarr ("Renn"dan "Uotford"ga 27 million funtga).
Fikrlar