
APLning dekabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi e’lon qilindi
"Aston Villa" bosh murabbiyi Din Smit Angliya premer-ligasining o‘tgan dekabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi, deb topildi.
Birmingemliklar o‘tgan oy 5 ta o‘yinda 3 ta g‘alaba va 2 ta durang qayd etdi. Ular premer-liga musobaqa jadvalida 8-o‘rinda bormoqda.
Aytish kerakki, da’vogarlar orasida "Aston Villa" ustozidan tashqari Karlo Anchelotti ("Everton"), Shon Daych ("Bernli") va Ule Gunnar Sulsher ("Manchester Yunayted") kabi mutaxassislarning ham nomzodi bor edi.
Fikrlar