
APLda noyabr va dekabr oylarining eng yaxshi futbolchisi ma’lum bo‘ldi
"Arsenal" futbolchisi Martin Edegor APLda noyabr va dekabr oylarining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. U bu borada Kazemiro, Erling Xoland, Ben Mee, Joao Palinya, Markus Reshford, Bukayo Saka va Kiran Tripper kabi futbolchilarni ortda qoldirdi.
Ma’lumot o‘rnida, Martin 2019 yil sentyabr oyidan beri "Arsenal" safida bu mukofotga erishgan ilk futbolchi bo‘ldi. O‘sha oyda Per-Emerik Obameyang oyning eng yaxshi futbolchisi, deb topilgandi.
Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" ayni payt APL jadvalida 44 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar