
APLda ishi yurishmagan Koutinoga yangi chaqiruv
"Goal" nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra, "Aston Villa" yarim himoyachisi Filippe Koutino faoliyatini Braziliya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Filippe "Korintians" jamoasiga o‘tishga yaqin turibdi. Futbolchining agenti Kia Jurabchian braziliya jamoasi bilan yaxshi munosabatda.
Havbekning maoshi tufayli to‘liq transfer amalga oshishi qiyin. "Korintians" APL klubiga ijara variantini taklif qilishi mumkin. Shunda ikki klub futbolchining maoshini bo‘lib to‘laydi.
Eslatib o‘tamiz, "Aston Villa" Koutinoni "Barselona"dan 20 million evroga xarid qilgandi. Joriy mavsum u 12 ta o‘yinda maydonga tushib, samarali harakat amalga oshirmadi.
Fikrlar