APL yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan uchinchi klub nomi aniq bo‘ldi

  • 5 avgust, 2020, 06:15
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Chempionship pley-off bosqichining finalida "Fulxem" "Brentford"ni mag‘lub etib, bir mavsumlik tanaffusidan so‘ng Angliya Premer-ligasiga qaytdi.

"Uembli"da bo‘lib o‘tgan bahsda g‘olib 90 daqiqa ichida aniqlanmadi. Qo‘shimcha 30 daqiqalikda Brayenning dubliga "qizil oqlar" himoyachisi Dalsgor bitta gol bilan javob qaytardi.

Shu tariqa, "Lids" va "Vest Bromvich" klublaridan so‘ng "Fulxem" elitaga yo‘l olgan uchinchi klubga aylandi. 2019/20 mavsumi yakunlariga ko‘ra, "Bornmut", "Uotford" va "Norvich" APLni tark etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!