
APL. Vardi qaytdi va "Lester" "qora an’ana"ga chek qo‘ydi
APL 22-turidan o‘rin olgan qoldirilgan uchrashuvda "Byornli" hamda "Lester" o‘zaro kuch sinashdi. Mazkur bahsda "tulkilar" 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
82-daqiqada Vardining uzatmasidan so‘ng Meddison uchrashuvda hisobni ochdi. 90-daqiqada Vardining o‘zi gol urib, oradagi farqni ishonchli ko‘rinishga keltirib qo‘ydi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng Brendan Rojers shogirdlari hisobidagi ochkolari sonini 30 taga etkazib qo‘ydi. Ayni vaqtda ular APL turnir jadvalida 12-o‘rinda bormoqda. 21 ochkosi bor "Byornli" 18-pog‘onani band etgan.
Eslatib o‘tamiz, "Lester" bugungi o‘yinga qadar APL doirasidagi so‘nggi 5 bahsning 3 tasida mag‘lub bo‘lib, 2 bellashuvda durang natija qayd etgandi.
Fikrlar