
APL. "Tottenxem" safarda mag‘lub bo‘ldi, "Lester" esa qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi
APL 9-turidan o‘rin olgan "Vest Xem" - "Tottenxem" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur o‘yinda maydon egalari kichik 1:0 hisobida raqibidan ustun keldi.
72-daqiqada Maykl Antonioning urgan goli o‘yinda yagonaligini saqlab qoldi.
Shuningdek, "Brentford" - "Lester" bahsida mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
"Tulkilar" safida Yuri Tilemans va Meddison gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Mezbonlardan yagona golga Yergensen mualliflik qildi.
Fikrlar