
APL. "Nyukasl" so‘nggi daqiqalarda gol urib, "Lester"dan 3 ochko tortib oldi
APL 33-turidan o‘rin olgan "Nyukasl" - "Lester" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
"Qarg‘alar" safida ikkala golga ham Bruno Gimaraes mualliflik qildi. "Tulkilar"ning yagona goli Ademola Lukman nomiga yozib qo‘yildi.
Shu tariqa, "Nyukasl" ochkolari sonini 37 taga etkazib, jadvalda 14-o‘ringa chiqib oldi. "Lester" hisobida 40 ochko mavjud bo‘lib, jamoa hozircha 9-o‘rindan joy olgan.
Fikrlar