
APL. "Nyukasl" Londonda "Tottenxem"dan ustun keldi
Angliya Premer ligasi 13-turi doirasidagi "Tottenxem" - "Nyukasl" uchrashuvi yakuniga etdi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida o‘tgan bahsda "qarg‘alar" 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi hisob birinchi taymning 31-daqiqasida ochildi. Kallam Uilson Ugo Lorisning qo‘pol xatosidan keyin o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi. 40-daqiqaga kelib, "Nyukasl" o‘yindagi ikkinchi golini kiritdi. Migel Almiron "shporlar" himoyachilarini bir o‘zi aldab, jamoasining g‘alabasini mustahkamladi.
Ikkinchi taymning boshida, aniqrog‘i 54-daqiqada burchakdan oshirib berilgan to‘pni Xarri Keyin bosh bilan darvozaga yo‘llab, hisobni bittaga qisqartirdi. Bahsning qolgan daqiqalari ham qiziqarli o‘tdi. Biroq boshqa gol urish hech bir jamoaga nasib qilmadi.
Fikrlar