
APL. "Manchester Yunayted" yirik g‘alabani tantana qildi, Garnachodan dubl
APL 23-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" - "Vest Xem" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda "qizil iblislar" yirik 3:0 hisobida zafar quchdi.
Mankunialiklar safida Garnacho dubl qilgan bo‘lsa, yana bir golga Xoylund mualliflik qildi.
Ten Xag shogirdlari ochkolari sonini 38 taga etkazib olgan holda, APL turnir jadvalida 6-pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar