
APL. "Manchester Siti" "Arsenal"ni mag‘lub etib, peshqadamga aylanib oldi (turnir jadvali)
APL 12-turidan o‘rin olgan qoldirilgan uchrashuvda "Arsenal" hamda "Manchester Siti" o‘zaro kuch sinashdi. Ushbu bellashuvda "shaharliklar" 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Mehmonlarning gollariga De Bryuyne, Grilish hamda Xoland mualliflik qildi. "Kanonirlar" safida yagona gol Saka tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, Gvardiola shogirdlari APL turnir jadvalida "Arsenal" bilan ochkolari sonini tenglashtirib oldi va to‘plar nisbatiga ko‘ra peshqadamga aylandi.
Fikrlar