
APL. "Liverpul" autsayder bilan bahsda qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi
APL 17-turidan o‘rin olgan "Livepul" - "Nyukasl" o‘yini yakuniga etdi. Mazkur bahsda maydon egalari 3:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Mersisaydliklar safida Diego Jota, Muhammad Saloh va Trent Aleksander-Arnold gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bunga "qarg‘alar"dan Shelvi bir bora javob qaytardi.
Ochkolari sonini 40 taga etkazib olgan "Liverpul" peshqadam "Manchester Siti"ni ta’qib qilishda davom etmoqda. 10 ochkosi bor "Nyukasl" esa 19-pog‘onani band etgan.
Fikrlar