
APL. "Lids" fantastik kambek evaziga safarda "Vulverxempton"ni taslim etdi
APL 29-turidan o‘rin olgan "Vulverxempton" - "Lids" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mehmonlar 3:2 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Mezbonlarning gollariga Otto va Trinkao mualliflik qildi. "Lids"ning uch goli Xarrison, Rodrigo va Ayling nomiga qayd etildi.
Shu tariqa, "Vulverxempton"ning ochkolari soni 46 tani tashkil etmoqda. Jamoa ayni payt jadvalning 8-pog‘onasidan o‘rin egallagan.
"Lids" hisobida 29 ochko mavjud bo‘lib, klub 16-o‘rinni band etgan.
Fikrlar